Joriy yilning 5-7-fevral kunlari “Ziyoli avlod” Xalqaro ijodiy tashkiloti tomonidan Toshkent shahrida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Sehrli ranglar” Respublika Tasviriy san’at tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda maktabimizning tasviriy san’at yo‘nalishi o‘quvchilari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi.
5-sinf o‘quvchisi Radjabova Omina, 4-sinf o‘quvchisi G‘ofurova Sevinch va 5-sinf o‘quvchisi Xodjayeva Samira 3-darajali diplom bilan taqdirlandilar.
O‘qituvchi: Xolmatova Nozima.
Maktab ma’amuriyati iqtidorli o‘quvchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi va yutuqlar bardavom bo‘lib qolishini tilab qoladi.