Maktab yangiliklari

Sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23-yanvar kuni Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i v.v.b Bekzod Baxromov ishtirokida Mirobod tumani 12-son bolalar musiqa va san’at maktabida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, madaniyat va san’at sohasi vakillari o‘zlarini qiziqtirgan murojaat, taklif hamda shikoyatlari bilan ishtirok etishdi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar belgilangan tartibda o‘rganilib, ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berilib 12-son bolalar musiqa va san’at maktabining joriy ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.