Joriy yilning 5-fevral kuni Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi tomonidan “ERP madaniyat” yagona boshqaruv tizimi bo‘yicha tushuntirish ishlari yuzasidan oflayn amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur seminar Toshkent shahar madaniyat boshqarmasi matbuot xizmati va raqamlashtirish bo‘yicha bosh mutaxassisi Jonibek Atanazarovich tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2024-yil 31-maydagi qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, madaniyat va san’at sohasida axborot texnologiyalarini rivojlantirish hamda boshqaruv jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida o‘tkazildi.
Seminarda Madaniyat boshqarmasi tasarrufidagi tizim tashkilotlari rahbarlari hamda “ERP madaniyat” platformasiga ma’lumot kiritishga mas’ul xodimlar ishtirok etdi.
Seminar davomida:
“ERP madaniyat” platformasiga ma’lumot kiritish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar va kamchiliklar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Tizim bilan ishlash tartibi amaliy misollar asosida tushuntirildi.
Ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.
Mas’ul xodimlarning amaliy bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.
Mazkur seminar “ERP madaniyat” axborot tizimini samarali joriy etish, ma’lumotlar sifatini oshirish hamda sohada raqamli boshqaruvni yanada takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etdi.