Maktab yangiliklari

Buyuk shoirlarga bag‘ishlangan ijodiy mashgʻulot boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 10-fevral sanasida buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuni munosabati bilan tasviriy san’at yoʻnalishi oʻquvchilari tomonidan ijodiy mashgʻulot boʻlib oʻtdi. Mashgʻulot davomida oʻquvchilar Z.M.Bobur va A. Navoiyning siymosi, ularning adabiy merosi, ilm-ma’rifatga boʻlgan muhabbati va Vatanga sadoqatini ranglar orqali ifodaladilar. Rasm chizish jarayoni oʻquvchilarda milliy qadriyatlarga hurmat, estetik did va ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qildi.