Maktab yangiliklari

Sayyor qabul bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 18-mart kuni Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i v.v.b Bekzod Baxromov ishtirokida Olmazor tumani 25-son bolalar musiqa va san’at maktabi konsert zalida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslar, shuningdek, madaniyat va san’at sohasi vakillari o‘zlarini qiziqtirgan murojaat, taklif hamda shikoyatlari bilan ishtirok etishdi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, ularning ijobiy yechimini ta’minlash yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, qabul jarayonida 25-son bolalar musiqa va san’at maktabining faoliyati hamda mavjud sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.

Eslatib o‘tamiz:

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari, taklif va shikoyatlari 24/7 rejimda Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasining onlayn murojaatlarni qabul qiluvchi maxsus bot orqali ham qabul qilinadi.