Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi tomonidan “Yoshlar kuni” doirasidagi uchrashuvlar izchil davom ettirilmoqda.
Joriy yilning 2-aprel kuni Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi v.v.b B. Baxromov tomonidan yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda yoshlarning kasbiy rivoji, ularning ijodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish hamda bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida yoshlarning nafaqat bilim va ko‘nikmalarini oshirish, balki ularning ma’naviy-estetik dunyoqarashini shakllantirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, davlat dasturlari va tashabbuslar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Uchrashuvda yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirib, ochiq muloqot muhiti yaratilgani, ularning tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanayotgani alohida e’tirof etildi.
Shu bilan birga, yoshlarni ish bilan ta’minlash, amaliyot jarayonlarini samarali tashkil etish hamda madaniyat muassasalari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari ham muhokama markazida bo‘ldi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan tizimli ishlash, ularning muammolarini tinglash va yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.