2025-yil 30-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat filarmoniyasining “Turkiston” kamer orkestri konserti bo‘lib o‘tdi. “Turkiston” orkestri 1994-yil avgust oyida E. Azimov tomonidan tashkil etilgan. 1995-yil fevral oyida uning taqdimoti bo‘lib o‘tdi va rasmiy tarixi boshlandi. 19-sonli bolalar musiqa va san’at maktabidagi konsertda konsert dasturi yangi va ishonchli yangradi: ijrochilar v a tinglovchilar o‘rtasida ishonch va hissiy birlik muhiti darhol o‘rnatildi.