O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2026-yil 8-apreldagi “Madaniyat vazirligi tomonidan oʻquv fanidan malaka sinovlarini ijodiy va nazariy (og‘zaki, yozma) shaklda o‘tkazish toʻgʻrisida”gi 179-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 16-aprel kuni Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani 14-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida malaka sinov jarayonlari boshlandi.
Malaka sinovlaridan Toshkebt shahri bo‘yicga jami 378 ta pedagoglar o‘tishi rejalashtirilgan. Shundan 134 nafari umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Musiqa madaniyati” fani o‘qituvchilari, 244 nafari Madaniyat vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari pedagoglari.
Malaka sinovlarini yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash maqsadida bolalar musiqa va san’at maktablari direktor, direktor o‘rinbosarlari va malakali pedagog xodimlardan ishchi guruhi tarkibi shakllantirildi.
Malaka sinovlari jarayonlari YouTube platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilib borilmoqda.