Maktab yangiliklari

Yakuniy hisobot konserti bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 14-may kuni Yahsnobod tumani 19-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida o‘quv yilining eng muhim va unutilmas tadbirlaridan biri — yakuniy hisobot konserti yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Ushbu konsert davomida maktabning turli yo‘nalishlarda tahsil olayotgan iqtidorli o‘quvchilari yil davomida egallagan bilim va mahoratlarini namoyish etdilar.

Tadbirda maktabda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha yo‘nalishlar o‘quvchilari o‘zlarining eng sara chiqishlari bilan faol ishtirok etishdi.

Konsert dasturi rang-barang kuy-qo‘shiqlar, jozibador sahna chiqishlari va milliy hamda zamonaviy musiqiy asarlar bilan boyitildi. Har bir chiqish tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olinib, o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishi va mehnati yana bir bor e’tirof etildi. Ayniqsa, jamoaviy chiqishlar, duet va ansambl ijrolari tadbirga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.

Shuningdek, tadbir doirasida tasviriy va amaliy san’at bo‘limi o‘quvchilarining ijodiy ishlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi. Ko‘rgazmada namoyish etilgan rangtasvir, grafika va qo‘l mehnati namunalari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.

Yakuniy hisobot konserti nafaqat o‘quvchilarning bir yillik ijodiy faoliyatini sarhisob qilish, balki yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni san’atga yanada mehr uyg‘otish hamda ota-onalar va ustozlarga o‘z minnatdorligini bildirishga xizmat qilgan mazmunli bayram tadbiri bo‘ldi.