Maktab yangiliklari

Maktabda olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi

Joriy yilning 7-avgust kuni Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Baxromovich Yashnobod tumanidagi 19-son bolalar musiqa va san’at maktabida bo‘lib, “Ochiq budjet” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida boshqarma boshlig‘i maktabni rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha hujjatlarini ko‘zdan kechirdi hamda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi. Shuningdek, maktabning ichki qismini ko‘zdan kechirar ekan, bolalar musiqa va san’at maktabi ruhini aks ettiruvchi, ijodiy muhitni shakllantiradigan zamonaviy interyer va dizayn yechimlarini yaratish zarurligini alohida ta’kidladi. Sinf xonalari, yo‘laklar va umumiy hududlarda musiqa hamda san’at muhitini ifodalovchi bezak va vizual elementlardan samarali foydalanish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Tashrif davomida Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘iga 19-son bolalar musiqa va san’at maktabi direktori hamda Yashnobod tumani Moliya bo‘limining mas’ul xodimi hamrohlik qildi.

Mazkur loyiha yakuniga yetgach, o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va ijodiy muhitga ega ta’lim maskani foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.