Maktab yangiliklari

Yoshlar — madaniyat va san’atning kelajagi!

Joriy yilning 3-sentyabr kuni Toshkent shahar Madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Baxromov Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 2-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati hamda o‘quv jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida maktabda ta’lim olayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, bugungi kunda musiqa va san’at yo‘nalishida yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ta’lim va ijodiy rivojlanish uchun mavjud shart-sharoitlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarning o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Ularning ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, iste’dodini qo‘llab-quvvatlash hamda san’at sohasida munosib imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.